Русский
English
Italiano
O'zbek
French
"Boston Travel" sayyohlik firmasi 10 yildan ortiq vaqt mobaynida sayyohlik xizmatlarini ko'rsatishga ixtisoslashgan bo'lib, O'zbekistonda sayyohlik xizmatlari bozorida eng ishonchli va barqaror turoperatorlardan biri sifatida o'zini namoyon qildi.
Возраст+0
Muddati12 Days
MarshrutToshkent-Buxoro-Samarqand-Toshkent
Kunlar miqdori3 kun / 2 tun
1-kun
22:00- Hamma sayohatchilar Toshkent vokzaliga yigʼiladi va poezdda Buxoro shahriga yoʼlga chiqiladi.
2-kun
06:30- Buxoro viloyati Kogon tumanidagi temir yoʼl vokzaliga yetib kelinadi.
07:00- Buxoro shahriga kelinadi. Ertalabki nonushta. Kafe “Shirin”.
08:00-Ekskursiya. Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan «Hazrat Bahouddin Naqshbandiy», «Sayid Аmir Kulol» ziyoratgohlari ziyorat qilinadi.
10:00-Ekskursiya. Buxoro shaxri. Ismoil Samoniy maqbarasi, Bolo Xavuz masjidi, Аrk kompleksi.
12:00-Tushlik. Kafe “Bolo Havuz”. Oʼzbek milliy taomlari.
13:00- Ekskursiya Poi-kalya kompleksi, Minorai Kalon, Mir Аrab madrasasi, Kalon masjidi, Taki-Zargaron, Moxi Аttor masjidi, Labi Hovuz ansambli, Nodir Devonbegi madrasasi, Kukaldosh madrasasi, Ulugʼbek madrasasi, Labi Hovuz masjidi, «Sitorai Moxi Xosa» majmuasi, Аbduxoliq Gʼijduvoniy ziyoratgoxi ziyorat qilinadi.
16:30 -Samarkand shahriga yoʼlga chiqiladi.
20:00 -Samarqand shahriga kelinadi va mehmonxonaga joylashiladi. Hotel «Nodir Samarqand».
20:30- Kechki ovqat. Restoran “Zafar”.
21:30- Ikkinchi kun tugallanadi.
3-kun
08:00- Nonushta. Mehmonxonada.
09:00- Ekskursiya. “Imom Ismoil Аl-Buxoriy” ziyoratgohi, “Guri Аmir” maqbarasi, “Registon” maydoni, Oʼzbekistonning birinchi prezidenti I.А.Karimov haykali poyiga gul qoʼyish marosimi, I.Karimov koʼchasi boʼylab sayr (Oʼzbekistonning birinchi prezidenti I.А.Karimov oʼqigan maktabi va uyi shu koʼchada joylashgan), “Bibixonim” maqbarasi va masjidi, “Xazrati Xizr” masjidi, Oʼzbekistonning birinchi prezidenti I.А.Karimovning maqbaralariga ziyorat.
12:30-Tushlik. Kafe “Legal”.
13:30- Ekskursiya. “Shoxi Zinda” ansambli, “Ulugʼbek” rasadxonasi, “Xoʼja Doniyor” maqbarasi.
18:00- Samarqand Temir yoʼl vokzaliga kelinadi va “Afrosiyob” poezdida Toshkentga ketiladi.
20:10- Toshkentga yetib kelinadi va sayoxat tugallanadi.
Sayohat narxi xar bir kishi uchun 510 000 soʼmni tashkil etadi (Qirq kishi boʼlgan holatda).
Narxning ichiga quyidagilar kiradi:
• Transport;
• Mehmonxona;
• Tushlik;
• Kechki ovqat;
• Poezd biletlari;
• Kirish chiptalari;
• Gid xizmati;
• Sugʼurta xizmati;
• Soliqlar;
• Firma xizmat haqi;